Joriy yilning 3 yanvaridan 20 yanvariga qadar «Özneftgazinspeksiya» tomonidan ötkazilgan tadbirlar doirasida 5,1 mlrd sömlik tabiiy va suyultirilgan gazlarni talon-toroj qiliş holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Eng jiddiy huquqbuzarliklar Namangan va Jizzax viloyatlarida aniqlandi. “Mezbon” MÇJ va “Nafosat bekati” MÇJ korxonalariga tegişli umumiy ovqatlaniş korxonalarida jami 306 mln sömlik 306 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalaniş holatlari aniqlandi.

Bundan taşqari, Samarqand viloyati Past Darğom tumanida heç qanday ruxsatnomasiz, özboşimçalik bilan ohak sexi tomonidan gaz tarmoğiga ulanib gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitob böyiça jami 330 mln sömlik 330 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalaniş holatlari aniqlandi. 

Yana bir neçta gaz ta'minoti tizimiga ruxsatsiz ulaniş holatlari Toşkent viloyatining Toşkent va Qibray tumanlarida aniqlangan. 157 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravişda issiqxonalar va “Muhammad” MÇJ parrandaçilik fermalaridan birida foydalanilgan. Umuman olganda viloyat hududida jami 690 mln sömlik 690 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalaniş holatlari aniqlandi. 

Respublikada jami 4,3 mln metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalaniş holatlari aniqlangan, bu esa öz navbatida jami 4,3 mlrd sömlik zarar keltirilgan.

Aholi uçun tarqatiladigan suyultirilgan gazlardan Andijon şahridagi “Andijon şahargaz” filialida 25 ming kg (54,3 million söm) miqdordagi suyultirilgan gazni hisobdan çiqariş holati aniqlandi. Bundan taşqari, omborni tekşiriş vaqtida uşbu filial xodimlari tomonidan 738 mln sömlik 2 390 ta maişiy gaz balonlarining yetişmasligi aniqlandi. 

Uşbu dalillarga qöşimça ravişda, filial xodimlari aholidan suyultirilgan gaz uçun olingan mablağlarni xizmat körsatuvçi bank kassasiga topşirmagan, şu bilan 80 mln söm qiymatidagi naqd pul mablağlarini qisqartirib qöpol qonunbuzarliklarga yöl qöygan.

Andijon viloyatida amalga oşirilayotgan tadbirlar davomida 8 yanvar kuni huquqni muhofaza qiliş idoralari bilan birgalikda inspeksiya tomonidan Andijon viloyati hududidan suyultirilgan gazni olib çiqişga urinişning oldi olindi.

24 mln söm qiymatidagi 10,2 tonna suyultirilgan gaz, davlat raqami 70 707 VAA gaz taşiş avtomaşinasida olib ketilayotganida aniqlandi. Uşbu yoqilği “Şaxrixan” gaz töldiriş stansiyasida noqonuniy tarzda yuklanganligi ma'lum böldi.