2020 yil 21 yanvar kuni Sankt-Peterburg şahrida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Özbekiston Maktabgaça ta'lim vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi örtasida Toşkent şahrida Gersen nomidagi RDPU filialini taşkil etişga doir Kelişuv imzolandi. 

Filial Özbekiston ta'lim muassasalari uçun maktabgaça ta'lim, korreksiyaviy pedagogika, psixologiya va boşqa yuqori malakali kadrlarni ta'lim dasturlari va umum tan olingan xalqaro talablarga muvofiq yetkazib beradi. Kelişuvda filialning 2020/2021 öquv yilidan işga tuşirilişi nazarda tutilgan. 

Filial bakalavriat va magistraturadan taşqari, malaka oşiriş va pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş dasturlarini ham hayotga tatbiq etadi. Unda kadrlarni ta'limning kunduzgi va sirtqi, şuningdek, ta'limning aralaş şaklida (blended learning) tayyorlaş rejalaştirilmoqda. 

Filial bitiruvçilariga Gersen nomidagi RDPUni tugatganligi töğrisida diplom beriladi. U Özbekistonda oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadi. 

Gersen nomidagi RDPUga 1797 yilda asos solingan bölib, Rossiyaning yetakçi oliy pedagogika muassasasi hisoblanadi. Universitet tarkibiga beşta ilmiy-tadqiqot instituti,, 12ta institut (şu jumladan, Bolalik instituti, Defektologik ta'lim va reabilitatsiya instituti, Teatr, musiqa va xoreografiya instituti va b.), 11 fakultet kiradi.