O‘zbekiston | 01:16 / 23.01.2020
16461
2 daqiqa o‘qiladi

«Havoyi raqamlar emas». Prezident yiliga kamida 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish vazifasini qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament palatalarining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida hukumat oldidagi eng muhim vazifalarni sanab o‘tdi.

«Aytilgan barcha rejalarni ro‘yobga chiqarish hisobiga ishsizlikni 7 foizgacha kamaytirish, yiliga kamida 500 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini 2 barobarga oshirish yangi hukumat oldidagi eng muhim vazifalar bo‘lishi shart.

Mana shu raqamlarni yangi hukumat bajarishi shart. Bajarmasa, barqarorlikka erisha olmaymiz. Mana shunday marralar olishimiz kerak.

Aholi daromadini ikki barobarga oshirmasak, odamlarimizni rozi qila olmaymiz. Besh yilda ayniqsa deputatlar, senatorlar, sizni saylagan saylovchilar norozi bo‘ladi. Bu – aniq raqamlar. Hisob-kitob qilingan raqamlar. Iloji bor raqamlar. Havoyi raqamlar emas», – degan Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi rasman 8,9 foizni tashkil etadi. 2020 yilda 382 mingta doimiy yangi ish o‘rni yaratilishi prognoz qilinmoqda.

Mavzuga oid