Aksiyadorlik-tijorat «Qişloq quriliş bank» naqd pulsiz amaliyotlarning ommabopligini oşiriş, mijozlarni tizimli rağbatlantirib boriş maqsadida bankning Humo plastik kartalari foydalanuvçilari örtasida «Olamşumul» aksiyasini e'lon qiladi.
Aksiya 2020 yilning 1 fevralidan 2021 yilning 1 fevraliga qadar ötkaziladi va unda 18 va undan yuqori yoşda bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari iştirok etişlari mumkin.
Aksiyada qatnaşiş uçun ATB «Qişloq quriliş bank»ning filialidan Humo plastik kartoçkalarini oliş va har oy yakuniga köra, eng kamida 500 ming söm qoldiq summani saqlab yuriş talab etiladi.
Muhim jihati, «Olamşumul» promo-aksiyasida 2020 yilning 1 yanvariga qadar amalda bölgan Humo kartalari foydalanuvçilari ham iştirok etişi mumkin. Bunda plastik kartadan foydalaniş jarayoni aksiya talablariga mos bölişi lozim.
Aksiya ikkita holat böyiça ötkaziladi.
«Oylik aksiya» – plastik karta qoldiği bir oyda (kalendar kunlari) 500 ming söm va undan yuqori bölgan mijozlar böyiça.
Agarda uşbu şart bajarilsa, tanlab oliş yöli bilan ğolib mijoz aniqlanadi va ğolibga aksiya sovrini taqdim etiladi.
Ğoliblar xorijga ikki kişilik 12 ta sayohat yöllanmasi, 60 dona XIAOMI Note 7 smartfoni, 60 dona Artel Smart LED televizori hamda jami 570 dan ortiq fleşka, quloqçin, PowerBank va boşqa qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.
«Super aksiya». Bunda oylik aksiya iştirokçilari orasidan tanlab oliş yöli bilan ğolib aniqlanadi. Agarda uşbu şart (oylik aksiya iştirokçisi böliş) har oy davomida bajarilsa, mijozning yutiş imkoniyati ortib boradi. Ya'ni 1 marotaba oylik aksiyaga qatnaşiş 1-imkoniyat, 10 bora qatnaşilsa, imkoniyat 10 barobar ortadi.
«Super aksiya» ğolibiga boş sovrin – «Şevrolet Gentra» avtomobili taqdim etiladi.
«Oylik aksiya»ning ğolib va sovrindorlari bir oyda bir marta, har oyning öninçi iş kunigaça hamda «Super aksiya»ning ğolibi aksiya muddati tugagandan söng

















