AQŞning Bağdoddagi elçixonasi katta ölçamli beton bloklar bilan örab çiqildi. Bunday çoralar iroqliklarning elçixonaga hujum qilişining oldini oliş maqsadida körilgan, deb xabar berdi Al-Sumaria telekanali.
Ta'kidlanişiça, elçixonaning deyarli butun perimetri böyiça bir neça metr balandlikdagi beton bloklardan iborat devor hosil qilingan. Bloklarda elçixonaga belgilangan masofadan yaqinroq kelişdan ogohlantiruvçi belgilar va e'lonlar joylaştirib çiqilgan.
Beton devor barpo etilişi AQŞ elçixonasi yonida 24 yanvarga belgilangan katta kölamli norozilik namoyişi oldidan yakunlandi. Iroqliklarni “million kişilik namoyiş” ötkazişga iroqlik şialar yetakçilaridan biri Muqtado as-Sadr çaqirgan. Uşbu namoyişdan yagona maqsad AQŞ qöşinlarining Iroqdan olib çiqilişining talab etilişi böladi.
Dekabr oxirida AQŞ elçixonasi oldida AQŞ harbiy aviatsiyasining “Kataib Hizbulloh” şia guruhining Al-Qiyom şahridagi lageriga hujumiga qarşi norozilik namoyişi bölib ötgandi. Elçixona qöriqçilari va politsiyaçilar namoyişçilarga qarşi közni yoşlatuvçi gaz qöllaşgan. Elçixona oldidagi töqnaşuvlar natijasida 20 ga yaqin iroqlik jabrlangandi.

















