Jahon | 18:50 / 24.01.2020
9521
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi shaharda otishma ro‘y berdi, qurbonlar bor

Mahalliy nashrlarning yozishicha, otishma mahalliy vaqt bilan soat 12:45da boshlangan. Tez orada voqea joyiga maxsus politsiya bo‘linmalari yetib kelgan.

RTL radiosi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, bir necha kishi jarohatlangan.

Shahar politsiyasi vakili Bi-bi-si bilan suhbatda o‘t ochgan shaxs qo‘lga olingani va boshqa gumonlanuvchi qidirilmayotganini aytgan. 

Politsiyachining so‘zlariga ko‘ra, ushbu jinoyatda ekstremizm alomatlari yo‘q.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid