«Sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslar bundan deyarli 20-25 yil oldin qabul qilingan bölib, hozirgi davr talablariga mutlaqo javob bermaydi».
Şu boisdan, prezident Şavkat Mirziyoyevning fikriça, qator kodekslarni yangi tahrirda qabul qiliş lozim.
«Parlament yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijro, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarni yangidan qabul qilişi maqsadga muvofiq», – dedi davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida.
Prezidentga köra, bu borada avvalo, tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilğor standartlarni joriy etişga alohida e'tibor qaratiş kerak.
«Qonunçilikni yangilaşdan maqsad faqat qonun qabul qiliş emas, aksinça, yangi qonunlar ertaga odamlarga qanday amaliy naf berişi, ularning hayotini qanday yengillaştirişi haqida boş qotirişdan iborat bölmoği lozim», – deb qöşimça qildi Mirziyoyev.












