«Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining rektorini işdan olganimizda attestatsiya ötkazdik. Oliygohdagi öqituvçilarning 60 foizi ötolmadi. Tasavvur qiling, ular şunça vaqt nimani öqitgan? Bilimi bölmasa qanday bilim bergan?
Holbuki biz katta tekşiruv ötkazmagandik. Özining fani böyiça berilgan savollarga javob bera olmadi», deya qayd etdi prezident.
Davlat rahbari oliygohda plagiat holatlari haqida aytib ötgan.
«Qayerni qanday tugatganini aniqlamoqçi bölib 27tasining dissertatsiyalarini tekşirdik. 20 yilda köçirilgan dissertatsiyalar», deydi Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, noyabr boşida iqtisodiyot universitetida «katta tozalaş» işlari boşlangani haqida xabar berilgan edi. Universitetning avvalgi rektori Bahodir Hodiyev işdan olinib, uning örniga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Kongratboy Şaripov tayinlangandi.
Prezident biroz avvalroq Senatning ilk yalpi majlisidagi çiqişida ham Toşkent davlat iqtisodiyot universitetidagi holatni tanqid qilgandi.
















