Jahon | 09:30 / 25.01.2020
5984
1 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson «Brekzit» haqidagi qonunni imzoladi

Foto: Twitter/Boris Johnson

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 24 yanvarda Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi haqidagi qonunni imzolaganini e'lon qildi.

Hujjatga ko‘ra, Britaniya 31 yanvardan Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘lishdan to‘xtaydi.

Bosh vazir buni “2016 yilgi referendumga yakun yasab, uzoq cho‘zilib ketgan bahs va ziddiyatlarga chek qo‘ygan fantastik lahza” deb atagan.

Avvalroq Britaniya qirolichasi Yelizaveta II “Brekzit” haqidagi qonun loyihasini imzolagach, u qonun maqomini olgandi.

Shuningdek, 24 yanvarda Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Bryusselda kelishuvni imzolagan.

Hujjat Yevropa parlamentida 29 yanvarda ratifikatsiya qilinishi rejalashtirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid