Sönggi kunlarda Ohangaron va Çirçiq şaharlarida yoş bolalarning öğirlanişi haqida asossiz miş-mişlar tarqalmoqda.
Ohangaron şahar IIB boşliği Dilşod Mirzahmedov holatga aniqlik kiritdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Şu yilning yanvar oyi örtalarida Ohangaron şahrida Telegram messenjerida J. ismli yigitning audioyozuvi tarqaldi. Unda 2 nafar bola şaharda öldirilgani, şuning uçun ota-onalar farzandlariga huşyor bölişlari kerakligi aytilgan.
Audioyozuvni tarqatgan fuqaro şaxsini 22 yanvar kuni aniqladik. Ohangaron şahri fuqarosi bölgan yigitdan nima uçun aholi orasida bunaqa vahima uyğotgani sababini söradik.
U buni köçada bir neça kişi suhbati orqali eşitganini, şaxsan özi guvoh bölmaganini tan oldi. Qilgan işining oqibatini his qilib, keçirim söradi.

Öşa audio xabar qarindoşiga yuborilgan va boşqa guruh, kanallarga tarqatilgan. Şu tariqa, boşqa fuqarolar ham Toşkent viloyatining ayrim hududlarida şunga öxşaş holatlar (yoş bolalarga nisbatan tajovuz) bölayotganligi böyiça audioyozuvlar tarqatişgan. Ular heç qanday asosga ega emas. Maqsad – aholini huşyorlikka çaqirişdan köra köproq qörquv va sarosima uyğotiş, xolos», – dedi Mirzahmedov 25 yanvar kuni Angren şahri hokimligida ötkazilgan matbuot anjumanida.
Audioxabarni tarqatib, aholi orasida vahima uyğonişiga sabab bölgan J. ismli fuqaroga nisbatan ma'muriy kodeksning tegişli moddalari böyiça iş qözğatilgan va u sud tartibida körib çiqiladi.
Dilşod Mirzahmedovning qöşimça qilişiça, ba'zilar Toşkent-Qöqon yönalişida qatnovçi taksi haydovçisining Angren şahrida qotillik sodir etganini yuqoridagi holat bilan boğlamoqda.
«Qotillik haqiqatan sodir bölgan, lekin aytilganidek, audioyozuvdagi gaplar haqiqatga mos kelmaydi. Bu ikkala holat bir-biriga zid va mutlaqo töğri kelmaydi.

Qotillik böyiça axborot beradigan bölsak, Ohangaron şahri, Yangiobod mahallasi, Alpomiş köçasida 2020 yil 6 yanvar kuni sodir bölgan. Davidova Gulziyo Obidovna (Farğona viloyati Danğara tumanida yaşovçi fuqaro) tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada turmuş örtoği Yöldoşev öz boşqaruvida bölgan Cobalt rusumli avtomobil bilan Qöqon şahriga kelib, bedarak yöqolgani aytilgan.
















