Bağdoddagi “yaşil hudud” va AQŞ elçixonasining reaktiv snaryadlardan öqqa tutilişi oqibatida bir neça kişi jabr kördi. Bu haqda “As-Sumariya” telekanali xabar berdi.  

Telekanal ma'lumotlariga köra, elçixona hududidagi odamlar vertolyotlarda evakuatsiya qilingan. 

Avvalroq “Al-Arabiya” telekanali xavfsizlik xizmatlaridagi manbaga tayanib AQŞ elçixonasiga uçta raketa tuşgani, ulardan biri elçixona restoraniga tekkanini ma'lum qilgan.

Bağdodning hukumat idoralari va xorijiy davlatlar elçixonalar joylaşgan “yaşil hududi” vaqti-vaqti bilan raketa zarbalariga uçrab turadi. Jumladan, 20 yanvarda ham uşbu hudud öqqa tutilib, bir neçta raketa AQŞ elçixonasi yonida portlagan.

Yaqin Şarqdagi vaziyat AQŞ köşinlarining dekabr oxirida “Kataib Hizbulloh” şia harakatining Suriya va Iroqdagi obektlariga zarbasidan keyin keskinlaşgandi. Şundan keyin harakat tarafdorlari AQŞning Bağdoddagi elçixonasini qamal qilib olişgan. AQŞ uşbu qamalda eronlik general Qosim Sulaymonni ayblab, yanvar boşida Bağdod aeroporti yaqinida unga qarşi amaliyot ötkazgan. 

Şundan keyin Eron Sulaymoniyning öldirilişiga javoban 8 yanvarga ötar keçasi AQŞning Iroqdagi ikkita bazasiga raketa zarbalari bergan va bu bilan çeklanib qolmasligini ta'kidlagan.