Britaniyada mamlakatning 31 yanvarda Yevropa Ittifoqidan çiqişi munosabati bilan 50 penslik esdalik tangalari muomalaga çiqariladi. Bu haqda Sky News naşri xabar berdi.

Britaniya moliya vazirligi dastlab tangalarni muomalaga çiqarişni “Brekzit”ning avvalgi taxminiy sanasi – 31 oktyabrga buyurtirgan. Biroq “Brekzit”ning keyinroqqa qoldirilişi milliontaga yaqin tanganing eritilişiga va zarb etilişini Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etişi yangi sanasi tasdiqlanmagunça qoldirilişiga olib kelgan.
Yangi tangalarda “Barça davlatlar bilan tinçlik, farovonlik va döstlik” yozuvi va 2020 yil 31 yanvar sanasi joylaştirilgan.
31 yanvarda 3 mlntaga yaqin yangi tanga, keyinroq esa yana 7 mlnta tanga muomalaga kiritiladi.

















