Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği Baxtiyor Tursunovning aytişiça, xorijga işlaşga ketayotgan mehnat migrantlarining hayoti va salomatligi suğurtalaş bepul.
“Odamlarimizning suğurta tizimiga u qadar ham işonmagani uçun ham xorijga işga ketişni möljallayotgan mehnat migrantlarining hayoti va salomatligini suğurtalaş böyiça suğurta mukofotini qoplaş uçun subsidiyalar berilmoqda. Bu nima uçun qilinmoqda? Xudo körsatmasin har xil holatlar bor. Şunaqa holatlarga tuşganingizda kim pul berarkan, davolanişga qayerdan pul topaman degan savollar tuğilmaydi, hayotingiz va salomatligingizni suğurta qildirgan bölsangiz, suğurta kompaniyasi barça xaraatlaringizni qoplab beradi” deydi u.
Baxtiyor Tursunovning ta'kidlaşiça, hayot va salomatlik suğurtasi köpçilik öylagançalik katta pul turmaydi. Iş vaqtida biror falokat röy berib, bir umrga nogiron bölib qolganda yoki halok bölganda, iş beruvçining himmatiga köz tikib ötirgandan köra suğurta orqali zararni qoplaş işonçliroq hisoblanadi.
“Bir yillik suğurta 100 yoki 200 ming söm turadi. Bu mehnat migrantiga yoki uning oilasiga qança narsada yordam berişi mumkin. Buning uçun mehnat migranti Özbekistonga kelişiyam şartmas. Qarindoşlari istalgan suğurta kompaniyasiga borib, uning hayoti va salomatligini suğurta qildirib qöysa böladi”, deydi Tursunov.
















