Özbekistonda onlayn auksion orqali sotib oliş mumkin bölgan böş yerlar haqidagi ma'lumotlar va ularning oçiq elektron xaritasi işlab çiqildi.
Endilikda istalgan internet foydalanuvçisi E-kadastr.uz platformasidagi onlayn xarita orqali masofadan turib Özbekiston hududidagi barça böş turgan yerlarning joylaşuvini körişi, yer maydoni haqidagi birlamçi ma'lumotlar bilan tanişişi, uşbu yerni sotib oliş istagi tuğilganda bu haqda taklif yuborişi mumkin.
Bu haqda Geoinfokom davlat unitar korxonasi rahbari Husan Isayev ma'lumot berdi.
«Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi qarorida böş turgan yerlarni oçiq va şaffof ravişda onlayn auksionga çiqariş prinsiplari belgilab berilgandi. Mana şu qarordagi vazifalardan kelib çiqib, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi E-kadastr.uz portalini işga tuşirdik. Bu – böş turgan yer uçastkalarining oçiq elektron xaritasi bölib, unga qömitamiz organlari tomonidan tumanlar kesimida aniqlangan böş yer uçastkalari töğrisidagi ma'lumotlar har oyning 5-sanasiga qadar muntazam yangilab boriladi. Jismoniy va yuridik şaxslar böş yer uçastkalarini aniq investitsiya majburiyatlari bilan elektron auksionga qöyişni sörab taklif kiritişlari mumkin», – deydi Isayev.
Qayd etilişiça, jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan E-kadastr.uz manzili orqali yuborilgan arizalar Ur resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining avtomatlaşgan I-Intizom tizimiga kelib tuşadi. Yer uçastkasini tanlaş materiallari Davergeodezkadastr qömitasi hududiy quriliş boş boşqarmalari, tuman (şahar)lar quriliş bölimlari bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
«Bu tizim orqali 2019 yil mobaynida 7mingdan ortiq savdolar amalga oşirildi. Yana ma'lumot örnida aytiş kerakki, xaridorlar sotib olayotgan yer uçastkasini onlayn tarzda özlari belgilab, u yerda nima qilmoqçiligi va takliflarini yozib qoldirişlari mumkin böladi. Bu tizim orqali turli xil sarsongarçilik va qoğozbozlikning oldi olinadi», – deya Davergeodezkadastr davlat qömitasi boş mutaxassisi Qobil Bobojonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, 23 yanvar holatiga köra respublika böyiça 4427ta yer uçastkasi böş turibdi.
E-kadastr.uz platformasidagi onlayn xarita orqali böş turgan yerlarni viloyat, tuman, şahar kesimida köriş imkoni mavjud.

Ma'lum qilinişiça, avvallari yerlarga tuman hokimining roziligi bilan egalik qiliş mumkin edi. Hozirgi özgarişlarga köra, istagan şaxs auksionda yutib çiqadi va yer uning nomiga xatlanadi. Hozirda barça savdolar onlayn tarzda qonuniy amalga oşirilmoqda.




















