Körsatuvning 2019 yil dekabr oyidagi sonini tasvirga oliş jarayonida jurnalist va operator Toşkentdagi Qoratoş va Samarqand darvoza köçalari kesişmasidagi maşinalar harakatiga xalaqit qilib, transportini yöl yoqasida töxtatgan Malibu haydovçisini payqaşgan.
Crafers reklamasi yopiştirilgan avtomobil haydovçisi, şu kompaniya xodimi bölgan Abror Ş. OAV vakillaridan kim va nima uçun tasvirga olayotganini söragan. Qöpol munosabatda bölgan, şuningdek, yolğon ma'lumot bergan.
«Bu — reklama. Arçaga yaqinroq turişi kerak. Şahar hokimi Jahongir aka Ortiqxöjayev buyruği bilan kelganman», deya jurnalistga öşqirgan haydovçi.
Birozdan söng u maşinaga ötirib, voqea joyidan ketib qolgan.
Crafers kompaniyasi matbuot xizmati uşbu hodisa yuzasidan izoh berib, haydovçi işdan böşatilganini ma'lum qildi.
«Özbekistonda qonunlar ustuvor va ularga barça fuqarolar amal qilişi lozim. Şu örinda, yuzaga kelgan tuşunmovçilik va noqulayliklar uçun korxonamiz nomidan uzr söraymiz», — deyiladi xabarda.

















