Fevral oyi boşida Germaniyaning Kyoln şahrida “ISM Cologne 2026” körgazmasi bölib ötdi. Unda qatnaşiş uçun 72 davlatdan 1 600 dan ortiq kompaniya jamlandi.

Körgazmada şokolad, konfet, marmelad, peçene va turli gazak mahsulotlari işlab çiqariş sohasida yangi yeçimlar taqdim qilindi. Crafers kompaniyasi ham özining innovatsion, soğlomlaştirilgan mahsulotlarini global bozor vakillariga namoyiş etdi.

«ISM Cologne platformasi savdo guruhlari va supermarketlar bilan biznes aloqalarini rivojlantiriş imkonini berdi. Uşbu körgazmada yangi eksport liniyalari va xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Yevropa, Yaqin Şarq va Osiyo davlatlaridan kelgan distributorlar, savdo kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordik. Bir neçta yangi hamkorlar bilan eksport böyiça kelişuvlarga erişdik, şuningdek, ayrim bozorlarga Crafers mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça dastlabki şartnomalar yuzasidan maslahatlaşuvlar ötkazdik», - deydi kompaniya ta’sisçisi Ruzemuhamedov Nurulla Sunnatullayeviç.

Mutaxassisning ta’kidlaşiça, işlab çiqaruvçilar endilikda ta’m va dizayndan taşqari mahsulotning soğliqqa ta’siri, tarkibining tozaligi va ekologik barqarorligiga ham katta e’tibor qaratmoqda. Şu sabab, şakarli, şakarsiz, vegan, glyutensiz va funksional şirinliklar körgazmaning asosiy trendlaridan biriga aylandi.

“Körgazmada eng ommabop va eksportbop mahsulotlarni namoyiş qildik. Jumladan, turli xil peçenelar, vaflilar, şokoladlar, marmelad va şirinliklardan taşrif buyuruvçilar tatib kördi. xorijiy mehmonlar ularning tabiiy ingrediyentlardan tayyorlanganini, paketlaş va dizayn jihatdan e’tibortortar ekanini ta’kidladi. Şundan söng, bir neça kompaniyalar bilan eksport böyiça dastlabki muzokaralar boşlandi”, - deydi Niğmatilla Sobirov.

Uning fikriga köra, ISM Cologne körgazmasida qatnaşiş kompaniyalar uçun brendni xalqaro darajada tanitiş, raqobatçilarni örganiş, iste’molçilar talabidagi özgarişlarni aniqlaş hamda yangi bozorlarga çiqiş imkonini beradi.

Ma’lumot uçun, Crafers Özbekistondagi yirik şirinlik va qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxona, uning asosiy faoliyati peçene, vafli, şokolad mahsulotlari, marmelad, marşmellou, karamel hamda turli konfetlarni işlab çiqarişga qaratilgan. Bugungi kunda korxona 35 000 m² maydonli yuqori texnologik majmuadan iborat bölib, 12 ta zamonaviy işlab çiqariş liniyasiga ega.

Crafers mahsulotlari 15 dan ortiq davlatlarga eksport qilinadi, jumladan, Markaziy Osiyo bozorlarida ham keng tarqalgan. Kompaniya yillik 46 000 tonna mahsulot işlab çiqariş quvvatiga ega, assortimentida 120 dan ortiq turdagi şirinliklar mavjud. Eng muhimi, Crafers mahsulotlari xalqaro sifat va xavfsizlik standartlari – ISO, HALAL va HACCP sertifikatlariga muvofiq işlab çiqariladi.