Dastlabki örganişlardan ma'lum bölişiça, voqea ultratovuş tekşiruvi (UTT) ötkaziladigan xonada yuz bergan. Ultratovuş tekşiruvi ötkazuvçi şifokor Maşhura Toşmatova va unga biriktirilgan hamşira Matluba Ma'murova bemorlarni navbat bilan qabul qilişayotganda bemor qiz va uning onasi tibbiyot xodimlariga tajovuz qilib, hamşiraga jarohat yetkazgan.
«Fuqarolarni navbat bilan qabul qilib tekşiruvdan ötkazayotgan edik. Navbat 1992 yilda tuğilgan bemor qizga yetib kelganida, u bilan birga xonaga yoş bola kötargan ona ham kirdi. Yoş bolali ayol bolasi kasalligi, injiqlik qilib tinimsiz yiğlayotgani, taşqarida ham 3 yoşli farzandi sovuqda izillab turgani, ikkita bola bilan qiynalib ketganini aytib, navbatsiz körikdan ötkazib qöyişni iltimos qildi. Şunda men navbati yetib kirgan qizga «Agar rozi bölsangiz şu bolali ayolni sizdan oldin körib qöysam», deb ruxsat söradim. Qiz esa taklifimga könmay, özining kasal ekanini aytib, navbatini bermadi. Şu bois uning özini tekşirişni boşladim. Şu jarayonda qizga yoş bolali ayolga navbatini bersa, qançalik savob iş qilgan bölişi mumkinligini tuşuntirib nasihat qildim», – deydi şifokor Maşhura Toşmatova.

«Ma'lum bölişiça, şifokor qizni puxta tekşiruvdan ötkazib, belgilangan tartibda taşxisni yozib beradi. Qiz esa eşitgan nasihatidan asabiylaşib, xonadan çiqib ketadi. Köp ötmay xonaga yoşi katta bir ayol bilan kirib keladi. Ayol uning onasi bölib, birgalikda tibbiy körikdan ötgani kelişgan ekan.
Ayol UTT xonasiga kiriboq «Nega qizimni haqorat qilasanlar?» deb baqira boşlaydi. Tibbiyot xodimlari vaziyatni harçand tuşuntirişsa ham, ayol ularni eşitmay UTT şifokoriga elektr çoynakni otib yuboradi. Şunda hamşira ayolni tinçlantirmoqçi bölib, uning yoniga kelganida jazavaga tuşgan ona va bola hamşiraga oçiqçasiga tajovuz qilib, qöli bilan urib, oyoqlari bilan tepib tan jarohati yetkazadi. Töpolonni eşitib boşqa xodimlar xonaga çiqib, ona va bolani taşqariga bazör olib çiqib ketadilar. Poliklinika ma'muriyati darhol tez tibbiy yordam bölimiga, voqea haqida profilaktika inspektoriga xabar berişdi.
Tez yordam maşinasi kelib, yuzi qonga belanib, huşidan ketgan hamşirani öziga keltirib, birinçi yordam körsatgaç, oğir holatda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Farğona filialiga olib ketişadi.
Filialda bemorni neyroxirurg va boşqa malakali mutaxassislar iştirokida körikdan ötkazilib, «Yopiq kalla miya jarohati, boş miya çayqalişi, burun suyagi sinişi, burundan qon ketişi» taşxisi bilan neyroxirurgiya bölimiga statsionar davolaniş uçun yotqizildi. Hozirda malakali şifokorlar tomonidan bemorga zarur davo muolajalari amalga oşirilmoqda», deyiladi
















