Qaror bilan Özbekiston qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Şunga asosan, 2020 yil 1 oktyabrdan boşlab aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlaş va narxlar keskin özgarişining oldini oliş maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
- 2021 yil hosilidan boşlab don uçun davlat buyurtmasi hajmlarini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş, şu jumladan, boşoqli don xarid qiliş va sotişda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor mexanizmlarini joriy etiş;
- oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş uçun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanişga ötiş böyiça mexanizmni işlab çiqiş.
2020 yil 1 martdan paxta va boşoqli don yetiştirişda band bölmagan maydonlarda tuproq-iqlim şaroitlari va bozor kon'yunkturasidan kelib çiqqan holda tumanlarni bosqiçma-bosqiç ixtisoslaştiriş tizimi joriy etiladi.
2020 yil 1 apreldan boşlab tajriba-sinov tariqasida Toşkent viloyatining Qibray va Toşkent tumanlarida, Farğona viloyatining Farğona va Oltiariq tumanlarida hamda Qaşqadaryo viloyatining Kitob va Nişon tumanlarida:
- jismoniy va yuridik şaxslarga yer uçastkalarini qişloq xöjaligi maqsadlari uçun şaffof va oçiq tanlov ötkaziş orqali ajratiş mexanizmi joriy etiladi;
- jismoniy va yuridik şaxslarga keyinçalik tanlovga qöyiş böyiça taşabbus körsatiş huquqini taqdim etgan holda maxsus geoportal orqali yer uçastkasi töğrisidagi ma'lumotlarni joylaştiriş huquqi beriladi;
- qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan foydalaniş huquqining bozor qiymatini baholaş hamda ulardan soliqqa tortişda foydalaniş mexanizmi joriy etiladi.
Qarorga muvofiq, Qişloq xöjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvçi taşkilotlarning vakolat va faoliyat yönalişlari funksional baholaş mezonlari asosida qayta körib çiqiladi.
2020 yil 1 mayga qadar yetakçi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda sohada davlat boşqaruvi tuzilmasini takomillaştiriş böyiça çoralar amalga oşiriladi.
2020 yil 1 martdan boşlab agrosanoat majmuiga kiruvçi ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba muassasalarining bino va inşootlarini saqlaş, xodimlar mehnatiga haq tölaş böyiça xarajatlarni moliyalaştiriş Davlat budjeti mablağlari hisobidan bazaviy moliyalaştiriş şartlariga ötkaziladi.

















