Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik meteorologlar kelgusi besh yillikda kuchli jazirama bo‘lishidan ogohlantirmoqda
Foto: Sky News
2020 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davr jahon miqyosida eng issiq besh yillik bo‘ladi, deb xabar berdi Sky News telekanali Britaniya meteorologiya xizmati bergan ma'lumotga asoslanib.
Ekspertlarning taxminiga ko‘ra, ushbu besh yillik davomida o‘rtacha harorat 1,15 - 1,46 darajaga yuqori bo‘ladi.
Telekanalning qayd etishicha, olimlar jahondagi harorat ko‘tarilishi iqlim bo‘yicha Parij bitimida ko‘rsatilgan me'yor – 1,5 daraja atrofida ushlab turilishi kerakligi to‘g‘risida ogohlantirishmoqda.
Shuningdek, meteorologlar Yer yuzida haroratning ko‘tarilib borishi birinchi navbatda Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy hududlari hamda Shimoliy Atlantikaga ta'sir ko‘rsatishini taxmin qilmoqda.
Iqlim bo‘yicha Parij bitimi 55 davlat tomonidan ratifikatsiya qilinganidan so‘ng 2016 yil 4 noyabrdan kuchga kirgan. AQSh prezidenti Donald Tramp 2017 yilda AQSh ushbu bitimdan chiqishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:06 / 06.08.2025
Eronda jazirama tufayli davlat idoralari va banklar yopiladi
19:23 / 27.07.2025
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
11:38 / 23.07.2025
SSV jazirama tufayli allergik reaksiyalar paydo bo‘lishidan ogohlantirdi
14:26 / 22.07.2025