Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya koronavirus tufayli Uzoq Sharqdagi chegarasini yopdi
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 30 yanvar kuni koronavirus tarqalganligi sababli mamlakatning Uzoq Sharqdagi chegaralarini yopish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi.
«Biz Uzoq Sharqdagi chegaralarni yopish va hukumat tomonidan qabul qilingan boshqa chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lum qilamiz», — dedi Mishustin.
U bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovadan Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va hukumatning unga qarshi kurashish bo‘yicha choralari to‘g‘risida kunlik axborot berib turishini so‘radi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin yig‘ilish o‘tkazib, mamlakatda koronavirus paydo bo‘lish ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgandi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda tarqalayotgan koronavirusni yuqtirish oqibatida vafot etganlar soni 170 nafardan oshgan. Dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni esa 8 mingga yaqinlashmoqda. Bugungi kunda ushbu virusga chalinish holati 16ta davlatda qayd etilgan.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026