Ta'kidlanişiça, «Özmetkombinat» AJ qora metallar prokati işlab çiqariş böyiça Markaziy Osiyoda eng yirik korxona hisoblanadi. Bu yerda nafaqat metallurgiya mahsulotlari balki, quriliş materiallari va xalq xöjaligi mollari ham işlab çiqariladi. Xususan, zavodda qurilişda foydalaniladigan elektrod, har xil ölçamdagi sim va armatura, bazalt asosida issiqlik saqlovçi mahsulotlar tayyorlanadi. Uşbu quriliş mahsulotlardan yurtimizdagi bunyodkorliklar keng foydalanilyapti, ularga bölgan talab yildan yilga ortib boryapti. E'tiborlisi, aksiyadorlik jamiyatida işlab çiqarilayotgan quriliş materiallarining sifati muntazam nazorat qilib boriladi.

OAV xodimlari media-tur davomida köplab işlab çiqariş sexlarida bölib, bu yerda tayyorlanayotgan quriliş materiallari haqida töliq ma'lumot olişdi. Şuningdek, zamonaviy texnika texnologiyalar bilan yaqindan tanişişdi.

Bazalt asosida issiqlik ötkazmaydigan materiallar işlab çiqariş sexi faoliyati jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi. Ma'lumki, «Özmetkombinat» AJda yiliga 10 ming tonna quvvatga ega bölgan «Toşkent viloyatida bazalt asosida issiqlik ötkazmaydigan materiallar (mineral vata, mata, plita) ni işlab çiqarişni taşkil qiliş» investitsion loyihasi amalga oşirilgan. Unga köra sexda yiliga 500 tonna mineral vata, 2 850 tonna matlar, 6650 tonna plita işlab çiqariladi. Maqsad kombinatning eksport potensialini oşiriş, kelajakda yangi turdagi quriliş materiallarini işlab çiqarişni yölga qöyiş. Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlardan quriliş va boşqa sanoat tarmoqlarida keng foydalanilmoqda.

Tadbirda OAV xodimlari özlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan töliq javob olişdi.

«Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi
Matbuot xizmati