Tomsk fojiasida halok bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik jasadi vatanga olib kelindi
21 yanvar kuni Tomsk viloyatida 12 nafar o‘zbekistonlik yong‘in oqibatida halok bo‘lgan, 2 nafari tirik qolgani haqida xabar qilingan edi. 2020 yil 26 yanvarida fojiada halok bo‘lgan 10 nafar marhumning jasadi olib kelindi. Qolgan ikki nafarining shaxsiga oydinlik kiritilishi lozim edi.
30 yanvarda ushbu fojiada tirik qolgan ikki o‘zbekistonlik hamda ikki marhum jasadi ham Vatanga olib kelindi. DNK natijalariga ko‘ra, olib kelingan marhumlardan biri kitoblik Rahmonov Shuhrat ekani ma'lum qilindi. Namangan aeroportiga keltirilgan ikkinchi marhum Mamajonov Muzaffarjon Andijon viloyatiga jo‘natilgan.

Tergov jarayoni sababli tirik qolgan jabrlanuvchilar, navoiylik N.M. hamda R.D. bilan uchrashish imkoni bo‘lmadi.
Marhumlar jasadlari va fuqarolar respublika Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Milliy aviakompaniya hamkorligida olib kelingan.
Ta'kidlash o‘rinliki, halok bo‘lgan mehnat migrantlarining jasadlarini olib kelish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida tashkil etilgan maxsus jamg‘arma hisobidan qoplanadi. Biroq, Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida Tomsk fojiasi qurbonlari uchun noma'lum kishilar tomonidan pul yig‘ish holatlari kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan, o‘zbekistonliklarni firibgarlar aldovidan ehtiyot bo‘lishga chaqirib qolamiz.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
Tramp ijtimoiy tarmoqlardan shahvoniy-dipfeyk tasvirlarni o‘chirishni talab qiluvchi qonunni imzoladi
Jahon | 18:51
-
Shavkat Mirziyoyev turk olimi Aziz Sanjarni Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirladi
O‘zbekiston | 18:39
-
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
Jahon | 18:05
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025