AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Qozoğistonga taşrif buyurdi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma'lum qildi.

"Mayk Pompeo Qozoğistonga keldi", - dedi u jurnalistlarga.

Pompeo yakşanba kuni Qozoğiston taşqi işlar vaziri Muxtar Tleuberdi bilan uçraşadi.  Xabar qilinişiça, tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik hamda boşqa dolzarb masalalarni muhokama qiladi.

Mayk Pompeo Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev va respublikaning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.

AQŞ davlat kotibi 2 fevral kuni Toşkentga keladi. U 3 fevral kuni «C5+1» şaklidagi vazirlar uçraşuvida iştirok etadi.

Taşrif davomida Mayk Pompeo prezident Şavkat Mirziyoyev qabulida ham böladi.