Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda O‘zbekiston necha milliard dollarlik oltin eksport qilgani ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida necha milliard dollarlik oltin eksport qilgani ma'lum bo‘ldi.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarida aytilgan.
2019 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 4,9 milliard dollarlik oltin eksport qildi.
Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,5 foizni tashkil etdi. 2018 yilda eksport tarkibida oltinning ulushi 20,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda - 26,0 foiz.
Ta'kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Mavzuga oid
10:25
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
12:32 / 03.07.2026
Hunarmandlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
10:50 / 03.07.2026