Bugun, 2 fevral kuni Toşkent şahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tomonidan amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan loyihalar taqdimoti bölib ötdi. Oçiliş marosimida çiqiş qilgan fond vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov fond davlat mablağlari hisobidan moliyalaştirilmasligini ma'lum qildi.

«Röy berayotgan uşbu özgarişlarni körib köpçilikda Fondga bölgan turli fikrlar, notöğri taxminlar bölişi mumkin. Masalan, kimdir uşbu Fondni davlat tomondan tuzilgan nodavlat fond bölişi mumkin deb qayğursa, yana kimdir davlat pullarini şu yöl bilan sovuriş uçun yaratilgan resurs deb bezovta bölişi mumkin yoki bölmasa ertaga ötmişda bölgani kabi endilikda uşbu Fondga ham tadbirkorlarni majburlaş evaziga pul jalb qilinadi degan xavotirlar bölişi mumkin.

Şu fursatdan foydalanib sizlarga işonç bilan ayta olamanki, bizning Fondimiz faqatgina xorijiy grantlar yoki mahalliy metsenatlar va xayrixoh biznesmenlar tomonidan moliyalaştiriladi. Fondning har bir xatti-harakati, ilgari faoliyat yuritgan barça fondlardan farqli ravişda – uning barça faoliyati, uning ta'sisçilaridan tortib, to moliyalaştiriş manbalarigaça – mutlaqo oçiq böladi. Uşbu Fond jurnalist va blogerlarning huquqiy bilimlarini oşiriş, ular manfaatlarini davlat organlari va hukumat oldida töliq himoya qiliş, yordamga muhtoj OAVlarga moddiy yordam beriş, Özbekistonda söz va matbuot erkinligi ta'minlanişida bor imkoniyatlarini işga soladi.

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Fursatdan foydalanib, barça xorijiy va mahalliy taşkilotlarga Fond loyihalarini moliyalaştirilişida doimiy hamkorlik qiliş uçun oçiqligimizni ma'lum qilamiz.

Bugun 2020 yilning 2 fevrali, qisqa qilib aytganda 02.02.2020. Manbalarga köra, ana şunday sana 100 yilda, ya'ni bir asrda bir marta takrorlanar ekan. Va kimlardir bu kunda bildirilgan barça tilaklar amalga oşadi deb işonadi. Lekin bizning fikrimizça, har qanday ezgu maqsad yölida amalga oşirilgan işlarni Allohning özi doim qöllab-quvvatlaydi. Biz ham bugun Yaratgandan Fondimizning işiga rivoj tilab qolamiz», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.