Özbekiston va AQŞ örtasidagi kun tartibida «katta muammoli masalalar» qolmadi, tomonlar iqtisodiy, madaniy va gumanitar hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratmoqçi. Bu haqda duşanba kuni AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo bilan bölib ötgan muzokaralardan söng Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov ma'lum qildi.

«Mamlakatlar örtasidagi munosabatlar böyiça e'lon qilingan yangi strategik şeriklik davri mustahkam poydevorga asoslanadi. Birinçidan, bu Özbekistonda amalga oşirilayotgan iqtisodiy, siyosiy va boşqa islohotlardir. Ikkinçidan, taşqi siyosatimizning aniq belgilab qöyilgan ustuvor yönalişlari, ular orasidagi eng asosiysi mintaqaviy siyosat, qöşni davlatlar bilan özaro işonç va hurmatni şakllantirişdir, - dedi Komilov. - Davlat kotibi (Pompeo - tah.) bilan biz özaro siyosiy kun tartibida katta muammoli masalalar yöqligi haqidagi xulosaga keldik. Siyosiy hamkorlik masalalarini hal qilar ekanmiz, iqtisodiy, savdo, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikka alohida e'tibor qaratişni istardik».

Özbekiston tomoni Amerika biznesi uçun qulay şart-şaroitlarni yaratişga va qöşma investitsiyaviy loyihalarni amalga oşirişni rağbatlantirişga tayyorligini bildirdi, deya qöşimça qilib ötdi vazir.

TIV rahbarining sözlariga köra, tomonlar hamkorlikning muhim jihatlaridan biri sifatida xalqaro maydonda qöşma harakatlarni muvofiqlaştirişni körib çiqmoqda. Şu bilan birga, Komilovning ta'kidlaşiça, AQŞ Özbekistonning taşqi siyosatini qöllab-quvvatlayapti.