Amerika Qöşma Ştatlari Davlat kotibi Maykl Pompeo 2 fevral kuni rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQŞning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Deniyel Rozenblyum va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Taşrifning asosiy tadbirlari 3 fevral kuniga möljallangan.
Avval xabar qilinganidek, AQŞ Davlat departamenti delegatsiyasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinişi kutilmoqda.
Mamlakatimiz Taşqi işlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar ötkaziş közda tutilgan. Muloqot çoğida Vaşington şahrida 2018 yil may oyida bölib ötgan oliy darajadagi Özbekiston – AQŞ sammiti doirasida erişilgan kelişuvlar ijrosi muhokama qilinadi, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşiladi.
Şuningdek, AQŞ Davlat kotibi Toşkent şahrida ötkaziladigan «Markaziy Osiyo – AQŞ» («C5+1») şaklidagi vazirlar uçraşuvida iştirok etadi.

















