Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Keyingi saylovda jazolanadi» - Vazir siyosiy va'dalarni bajarmaganlik uchun javobgarlik haqida
3 fevral kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan media tadbirda saylovoldi dasturlarini bajarmagan partiyalarni huquqiy javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif o‘rtaga tashlandi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va'dani bajarmaganlik uchun huquqiy javobgarlikka tortib bo‘lmasligini ma'lum qilgan holda, siyosiy va'dalarni bajarmaganlik uchun siyosiy javobgarlik kelib chiqishi kerakligini ta'kidladi.
«Siyosiy va'dalarni bajarmaganlik uchun siyosiy javobgarlik kelib chiqishi kerak. Saylovoldi tashviqoti davomida bergan va'dalarini bajarmagani uchun huquqiy javobgarlik hech qachon kelib chiqmaydi, bu hech qaysi davlatda yo‘q. Bu noto‘g‘ri gap.
O‘ylab ko‘ring, qanday qilib javobgarlikka tortish mumkin? Va'dani qanchalik bajardi, qay darajada bajardi, yarmini bajardimi, o‘ttiz foizini bajardimi, bunga huquqiy baho berish tizimi mavjud emas. Chunki u siyosiy va'da.
Shuning uchun har doim siyosiy va'dasini bajarmagan partiya ovoz beruvchilar tomonidan jazolanadi. Ya'ni saylovchilar tomonidan keyingi saylovda jazolanadi, bu partiyaga ovoz berilmaydi, tamom», deya javob qaytardi vazir siyosiy va'dalarni bajarmaganlik uchun huquqiy javobgarlik qo‘llash mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi savolga javoban.
Adliya vaziri O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining parlamentda ko‘pchilik o‘rinni egallaganiga ham munosabat bildirdi.
«O‘zLiDep haqida gapiradigan bo‘lsak, bitta narsani bilish kerak, bu partiya Qonunchilik palatasida oddiy ko‘pchilik o‘ringa ham ega emas. U faqat boshqa partiyalarga nisbatan ko‘proq ovoz oldi. Bitta qonunni o‘tkazaman desayam, [partiyadan saylangan deputatlar] yuz foiz ovoz bergan taqdirdayam u o‘tmaydi. Chunki boshqa partiyalardan saylangan deputatlar bunga qarshi ovoz berishsa, ularning ovozi oshib ketadi. Qonun qabul qilish uchun esa 50+1 bo‘lishi kerak. O‘zLiDepda 50+1 ovoz yo‘q. Shuning uchun avvalgi chaqiriqda ular «Milliy tiklanish» partiyasi bilan demokratik koalitsiya qilishgan edi.
O‘ylaymanki, jurnalistlar saylovoldi va'dalarini bajarmaguncha partiyalarni tinch qo‘yishmasa kerak. OAV va'dalarning ijrosini so‘rab, ularning aytganlarini jamoatchilikka taqdim qilishidan ortiq nazorat bo‘lmaydi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, Qonunchilik palatasidagi birorta deputat yoki qo‘mita raisi qandaydir ustunlikka ega emas. Deputatlar bir xil maqomga ega bo‘lib, shu jumladan, Qonunchilik palatasi spikeri ham ular bilan teng, faqat bitta ovozga ega.
«Spiker faqat tartibli ravishda tizimni boshqarish nuqtayi nazardan parlament quyi palatasiga rahbarlik qiladi. Shuning uchun ham u spiker deyiladi, rais emas. Qonunchilik palatasi raisi degan lavozim yo‘q. Spiker Parlament quyi palatasi nomidan gapiradigan shaxs», deydi u.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026