Po‘lat Bobojonov Buxoroda yig‘ilish o‘tkazdi. IIV tizimidagi qator mulozimlar lavozimidan ozod etildi
Buxoro viloyatida faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ichki ishlar organlaridagi qator rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, unda ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov, viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev, viloyat va shahar-tuman sektor rahbarlari, jumladan, ichki ishlar, prokuratura, soliq, shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun mas'ul bo‘lgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda hududlarda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, xususan, Qorako‘l tumanida qotillik, tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, o‘g‘irlik, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari, bezorilik kabi jinoyatlar soni oshganligi, G‘ijduvon, Buxoro, Qorako‘l, Jondor va Peshko‘ tumanlarida yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan davrga nisbatan ko‘payganligi ta'kidlanib, bu borada hamkorlikdagi kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Xizmatni tashkil etishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Qorako‘l tumani IIB boshlig‘i O.Qurbonov, Buxoro viloyati IIB probatsiya bo‘limi boshlig‘i B.Asadov, Buxoro tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Gadoyev, Peshko‘ tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Salixov, Qorako‘l tumani IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i F.Norov hamda 6 nafar profilaktika inspektorlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Buxoro viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i J.Boltayev, Buxoro tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Mustafoyev, Buxoro viloyati IIB 1-sonli jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari T.Abdullayevlarning har biriga intizomiy jazo choralari berildi.
Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev yig‘ilishda ta'kidlangan kamchiliklar yuzasidan fikr bildirib, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha yo‘l xaritalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024