AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo Toşkentda prezident Şavkat Mirziyoyev qabulida bölgaç, Özbekiston yetakçisiga minnatdorçilik izhor qildi.

«AQŞ va Özbekiston örtasidagi strategik hamkorlikni bosqiçma-bosqiç mustahkamlab boriş yölidagi yetakçiligingiz uçun taşakkur. Men Özbekistonning erkinroq va oçiqroq jamiyat hamda hisobdorligi ortib borayotgan hukumat taşkil etiş maqsad qilingan islohotlarga intilişini e'tirof etaman», deb yozdi Pompeo tvitter sahifasida.

Foto: twitter.com/SecPompeo

Davlat kotibi Toşkentga taşrifidan xursandligi va AQŞ-Özbekiston aloqalari yanada mustahkamlanişini kutayotganini qöşimça qilgan.

Eslatib ötamiz, Pompeo AQŞ Davlat departamenti rahbari sifatida Özbekistonga qilgan ilk taşrifi davomida prezident Şavkat Mirziyoyev, Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, Toşkent şahar boş imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boşqa diniy faollar bilan uçraşuvlar ötkazdi. Şuningdek, «C5+1» şaklidagi yiğilişda Markaziy Osiyo respublikalari taşqi işlar vazirlari bilan muloqot qildi.

Foto: twitter.com/SecPompeo
Foto: twitter.com/SecPompeo