Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik 16 milliarder bir oy ichida 8 mlrd dollar yo‘qotdi
Bloomberg’ning “Milliarderlar indeksi”ga kiruvchi 16 rossiyalik milliarder bir oy ichida 8 mlrd dollar yo‘qotdi. Shu bilan birga ro‘yxatdan o‘rin olgan 7 nafar rossiklikning boyligi umumiy hisobda 2,7 mlrd dollarga ko‘paygan.
Foto: Petr Kovalev/TASS
Bunday ma'lumotlarni 2012 yildan beri “Milliarderlar indeksi”ni e'lon qilib keluvchi Bloomberg axborot agentligi keltirib o‘tdi. Ushbu ro‘yxatdan umumiy hisobda dunyoning eng boy 500 kishisi o‘rin oladi.
7 rossiyalik milliarder joriy yil boshidan o‘z boyligini yanada oshirishga muvaffaq bo‘lgan: Vladimir Potaninning aktivlari 1,44 mlrd dollarga, Vagit Alekperov - 600 mln dollar, Viktor Rashnikov - 247 mln dollar, Leonid Fedun - 237 mln dollar, Suleyman Kerimov - 145 mln dollar, Andrey Guriyevniki 38,9 mln dollarga va Viktor Vekselbergniki 22,5 mln dollarga ko‘paygan.
Rossiyaning 16 milliarderidan eng ko‘p yo‘qotishlarga Leonid Mixelson uchragan – 2,46 mlrd dollar. Undan tashqari, Gennadiy Timchenkoning aktivlari 1,96 mlrd dollarga, Andrey Melnichenkoniki 1,52 mlrd dollarga, Aleksey Mordashovniki 976 mln dollarga va Alisher Umonovniki 698 mln dollarga kamaygan.
Ro‘yxatning yetakchi uchligini Amazon rahbari Jyeff Bezos 124 mlrd dollar, Bill Geyts 116 mlrd dollar va Bernar Arno 97,4 mlrd dollar bilan egallamoqda.
Mavzuga oid
09:23
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026