Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika sohasida yangi qonun, bozor modeli va kodeks ishlab chiqilmoqda
Foto: Shutterstock
Energetika vazirligiga ko‘ra, yangi qonun loyihasini ishlab chiqish borasidagi ishlar Energetika vazirligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bu ishga Buyuk Britaniya, Gruziya, Avstriya, Bolgariya va Italiya mamlakatlaridan ekspertlar, shuningdek qonun ijodkorligi borasida katta tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar jalb etilgan.
Yangi qonun 2020 yil may oyining oxirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Energetika vazirligi Osiyo Taraqqiyot banki va Jahon banki bilan birgalikda 2023 yilda joriy etilishi kutilayotgan raqobatdosh elektr energiyasi bozori modelini ishlab chiqish bo‘yicha ish olib boryapti. Osiyo Taraqqiyot banki va Jahon banki tarkibida elektr energetikasi sohasini isloh qilish bo‘yicha ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspertlar - Gruziya, AQSh va Turkiya davlatlarining maslahatchilari ishtirok etadi.
Energetika vazirligi huzuridagi Loyiha guruhi mutaxassislari, shuningdek xalqaro ekspertlar va maslahatchilar bozorning istiqbolli modellari va bozor munosabatlariga o‘tish usullarini o‘rganmoqdalar. Elektr energiyasi bozori modeli va bozor munosabatlariga o‘tish Konsepsiyasi joriy yilning mart oyining oxiriga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Energetika vazirligi tomonidan Jahon banki bilan birgalikda ishlab chiqilgan Elektr tarmoqlari kodeksini (Grid Code) islohotlarning yana bir bosqichi bo‘lishi aytilmoqda. Bu ishga Serbiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarining xalqaro maslahatchilari ham jalb etilgan. Elektr tarmoqlari kodeksining amalga oshirilishi energiya kompaniyalari va elektr energiyasini iste'molchilarining funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini tizimlashtirish va aniqlashtirish imkonini beradi. Rejaga ko‘ra, Grid Code loyihasi hukumatga joriy yilning may oyi oxirida taqdim etiladi.
Mavzuga oid
14:35 / 12.02.2026
Ishsizlik nafaqasi: to‘lash shartlari va miqdori
10:50 / 10.02.2026
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
19:00 / 23.01.2026