Foto: EPA

Ma'lum bölişiça, Uxandagi koronavirus DNKsi 17 yil muqaddam 700dan ortiq kişini hayotdan olib ketgan oğir ötkir respirator sindromi - SARS’ning genetik kodi bilan 80 foizga öxşaş.

Öşanda atipik pnevmoniyadan zararlanganlarning har öninçisi vafot etgan, ammo yangi virus nisbatan xavfsizroq.

«Amalda 2019-nCoV - SARS’ning osonroq tarqaluvçi, ammo kamroq zarar keltiruvçi körinişidir», - deydi Reding Universiteti virusologi Ien Jons.

Foto: EPA

Bundan taşqari, xitoylik virusologlar tadqiqotlari tasdiqlaşiça, yangi koronavirus inson organizmiga ACE2 hujayra retseptori orqali kirib boradi.

«Demak, SARS uçun işlab çiqilgan metod usullari va vaksinalar Uxan virusida ham qöl kelişi mumkin», - deya xulosa qilgan professor Jons.

Pandemiya yöq

Seşanba kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti epidemiya böyiça navbatdagi brifingni ötkazdi, taşkilot yangi koronavirusning global pandemiyasi boşlanganini tan olişni istamayapti, bunga asos sifatida virusdan zararlanganlarning aksari Xitoyning materikdagi qismida qayd etilgani keltirilmoqda.

Ammo boşqa mamlakatlarda ham (20dan ortiq) koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq 150dan ortiq holat qayd etilgan.

Yovvoyi tabiatda SARS virusi körşapalaklarda uçraydi. Allaqaçon 420dan ortiq odamning ölimiga sabab bölgan yangi koronavirus tahlillari şuni körsatdiki, uning genlari «kenja yovvoyi» DNKsi bilan deyarli bir xil (96 foiz öxşaşlik).