Prezidentning muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining:

Buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini 2020 yil oktabr oyida keng nishonlash;

Kamoliddin Behzod xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining ko‘chalaridan biriga uning nomini berish;

“Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi”ni ta'sis etish;

yosh iste'dodli ijodkorlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san'ati asarlari ijodiy tanlovini tashkil etish va uni an'anaviy tarzda o‘tkazib borish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Badiiy akademiya va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda chet ellarda saqlanayotgan Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub asarlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga qaytarish bo‘yicha 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Tashqi ishlar vazirligi Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodini o‘rganish, meroslariga oid ashyolarni to‘plash maqsadida chet ellarga boruvchi ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekistonning respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda, shuningdek, homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.

Badiiy akademiya huzurida:

tasviriy va amaliy san'at, dizayn, san'atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi;

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan rassomlar tajriba ustaxonasi (oliy rassomlik kurslari) tashkil etiladi.

Quyidagilar belgilanadi:

a) Markazning asosiy vazifalari etib: