Özbekiston Xitoydagi koronavirus epidemiyasi sababli bu mamlakatda yaşayotgan 250 nafar fuqarosini 4 fevral kuni Pekindan Toşkentga olib keldi.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi matbuot kotibi Muhammadjon Bozorovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, birlamçi tekşiruvlarda ularning heç birida koronavirus alomatlari aniqlanmagan.
Uning sözlariga köra, bu fuqarolar 14 kun mobaynida karantinda böladi.
Şu bilan birga, 250 nafar özbekistonlikning qançasi koronavirus öçoği – Uxan şahri yoki Xubey provinsiyasidan olib kelingani ma'lum qilinmadi.
Ayni paytda, Uxanda qolayotgan boşqa vatandoşlarni olib keliş uçun yana bir samolyot Xitoyga yuborilgan.
Avvalroq Uzbekistan Airways 4-5 fevral kunlari Pekin-Toşkent yönalişida ikkita, Uxan-Toşkent yönalişida bitta charter reysni amalga oşirişi ma'lum qilingan. Xitoy poytaxtidan reyslar uçun aviabiletlar örtaça tarifdan past, Uxandan parvoz esa bepul etib belgilangan.













