38 foiz paxta terimchilari terim vaqtida bir yillik daromadini ishlab topgan – XMT
2019 yilgi paxta hosilini yig‘ib olishda ishtirok etgan terimchilarning 38 foizi mavsum davomida bir yillik daromadlarini ishlab topishgan. Har bir terimchi o‘rtacha 23 kun mobaynida paxta terimiga chiqqan, bir oylik daromad o‘rta hisobda 2,2 mln so‘mni tashkil etgan.

Foto: KUN.UZ
Xalqaro Mehnat tashkiloti 2019 yilgi paxta terimi bilan bog‘liq hisobotini e'lon qildi. Unda ta'kidlanishicha, tashkilot kuzatuvchilari 1 kg terilgan paxta uchun to‘lanadigan haq 2018 yilga nisbatan oshganligini tasdiqlashgan. Hisobotda qayd etilishicha, paxta teruvchilar o‘z maoshlarini o‘z vaqtida va to‘lig‘icha olishgan. Har bir terimchi bir mavsumda o‘rtacha 23 kun paxta tergan va 2,2 mln so‘m daromad qilgan. Shu bilan birga, terimchilarning 38 foizi bu maosh ularning yillik daromadlarining 100 foizini tashkil etishini bildirgan.
Tashkilot hisobotiga ko‘ra, terimchilarning aksariyati 2018 yildan buyon ish sharoitlari yaxshilanganini ta'kidlashgan. 3 foiz respondent sharoit 2018 yilga nisbatan yomonroq, degan fikrda sobit qolgan. Bu transport, oziq-ovqat, ichimlik suvi ta'minoti, sanitar-gigiyena va boshqa sharoitlarga taalluqlidir.
Hisobotda terimchilarning yoshi va jinsi yuzasidan ma'lumotlar ham joy olgan. Unda yozilishicha, terimchilarning 59,3 foizi ayollar va 40,7 foizi erkaklar bo‘lgan. Terimchilarning 75,5 foizi qishloq hududlardan; 24,5 foizi shaharlardan kelishgan. 44,7 foizi boshqa voyaga yetgan oila a'zolari bilan paxta terishga chiqqan.
Talabalar, o‘qituvchilar, hamshiralar va shifokorlarni yollashga taqiq mahalliy darajada tizimli ravishda joriy etilib, ijro etilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
The Guardian: AQSh Eronga uran zaxirasini Rossiyaga topshirishni taklif qildi
Jahon | 17:26
-
Zelenskiy Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbarini ishdan bo‘shatdi
Jahon | 17:01
-
“Biznesni rivojlantirish banki”da 174 ta jarayonning 104 tasi to‘liq raqamlashtirilgan
O‘zbekiston | 17:00
-
Zelenskiy parlamentga harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana uch oyga uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritdi
Jahon | 16:59
Mavzuga oid

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?

13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

11:20 / 14.03.2025