Bobur Jo‘rayev Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Bobur Jo‘rayev

Bobur Jo‘rayev 1986 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2007-2009 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetini bakalavr-magistratura yo‘nalishlarini tamomlagan. 2015 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligining Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, tuman hokimligi Apparati rahbari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Sevara Husanova Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining o‘rinbosari, tuman  Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Sevara Husanova

Sevara Husanova 1971 yil 1 iyulda Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1995 yilda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti tamomlagan.

2011-2017 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-son oilaviy poliklinika bosh shifokori, 2017 - 2020 yillarda Mirzo Ulug‘bek tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Shavkatbek Ergashev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi sifatida ishlab kelmoqda.