Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistonga atom energiyasi bo‘yicha hamkorlik qilishni taklif etdi
Qozog‘iston atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida yaqindan hamkorlik qilishni taklif etdi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
2020 yil 5 fevralda O‘zbekiston Energetika vazirligida Qozog‘iston Respublikasi ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M. Mirzagaliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv davomida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar axborot sohasida hamkorlikdagi sa'y-harakatlarni rivojlantirish va atrof-muhitga, shuningdek, atom energiyasining ekologiyaga ta'sirini baholash bo‘yicha hamkorlik mavzulariga to‘xtaldi.
O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi, umuman davlat yadroviy-energetika dasturini amalga oshirish va yadroviy infratuzilmani yaratish, shuningdek yadroviy xavfsizlik sohasidagi xalqaro huquqiy vositalarni implementatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.
Xabar qilinishicha, xalqaro me'yorlar va MAGATEning talablariga muvofiq yaqin kelajakda O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar hududida, shu jumladan, Qozog‘istonda O‘zbekiston AES inshootlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga doir faoliyatning atrof-muhitga ta'sirini baholash bo‘yicha jamoat eshituvlari o‘tkazilishi kutilmoqda.
Qozog‘iston tomoni qo‘shni davlat tomonidan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralarni ijobiy baholadi va bundan buyon atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida yaqindan hamkorlik qilishni taklif etdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra ushbu yo‘nalishda birgalikda ish olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:10 / 19.03.2026
Radioaktiv materiallarni tashishda xavfsizlik talablari ishlab chiqildi
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025