Uxan şahri örab olingan. Kiriş va çiqiş taqiqlangan / GETTY IMAGES

U va uning qarindoşlari 23 yanvardan buyon şaharni tark etolmaydi, Uxanga kiriş va u yerdan çiqiş qat'iyan taqiqlangan.

Ötgan vaqt içida koronavirusdan zararlanganlar soni 25 mingga yaqinlaşgan, kamida 490 kişi vafot etgan.

Şahardan ma'lumot deyarli çiqmayapti. Bi-bi-si Venszyun Van bilan boğlanişga muvaffaq böldi, u oilasi epidemiya şaroitidagi bu şaharda yaşab qoliş uçun qanday murakkabliklar bilan töqnaşgani haqida hikoya qilib berdi.

Koronavirus epidemiyasi boşlangan vaqtda amakim vafot etdi, otam oğir ahvolda qolmoqda, onam va xolamda ham bu kasallik simptomlari aniqlangan.

Tomografiyadan keyin ularning zararlanişi yengil ekani aniqlandi. Ukam ham yötala boşladi, u nafas olişga qiynalardi.

Otamning harorati kötarildi, isitmasi çiqdi. Keça tana harorati 39,3 darajagaça çiqdi. U hamişa yötaladi, nafas olişga qiynaladi. Biz unga kislorod apparati oldik, u kun davomida uşbu apparatdan foydalanadi.

Otam Ğarbdan kelgan dori vositalarini ham, mahalliy preparatlarni ham qabul qilmoqda. Uni şifoxonaga olişmadi, çunki testlar uçun zarur uskunalar yetişmovçiligi tufayli rasman taşxis qöyilmagan.

Onam va xolam özlari ham betob bölişsada har kuni umid bilan otamga joy topilişi uçun şifoxonaga borişadi. Barça şifoxonalarda rad javobi berişmoqda.

«Bizga heç kim yordam bermaydi»

Uxanda köp joylarda yengil zararlangan yoki kasallik inkubatsiya bosqiçida bölganlar karantinga joylaştirilmoqda.

Karantin punktlari faqat asosiy şaroitlarni qilib beradi, bunday joylarga otam kabi oğir kasallarni qabul qilişmaydi, undaylar uçun şunçaki joy yöq.