Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatda hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi
Ishchi guruh a'zolari hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga o‘tkazishni ta'minlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joylarda ijro va vakillik organlarining davlat boshqaruvidagi roli va mas'uliyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga o‘tkazish masalasiga alohida e'tibor qaratdi.
Murojaatnomada ta'kidlaganidek, amaldagi qonun hujjatlarida hokimliklarning 300 ga yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan. Shundan 175 tasi, mazmun-mohiyatiga ko‘ra hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi.
Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi.
2020 yil 6 fevral kuni Oliy Majlis Senatida mazkur ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, ishchi guruh a'zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ishchi guruh a'zolari hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga o‘tkazishni ta'minlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, shuningdek yig‘ilishda ishchi guruh samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026