Joriy yilning 6 fevral kuni M-39 “Toşkent-Termiz” xalqaro avtomobil yölida xizmat olib borayotgan Toşkent viloyati IIBB YHXB inspektorlari, safdor Bekjon Yerejyepov va serjant Mansur Normatovlar uşbu yölda harakatlanib kelayotgan “Kamaz” yuk maşinasini körikdan ötkaziş uçun töxtatadi.

Haydovçi inspektorlarga çamasi 900 metrlar oraliğida bir “GAI” xodimi uni töxtatib hujjatlarini tekşirganligini, ammo uning bodi kamerasi odatdagidan boşqaçaroq ekanligini ma'lum qiladi.

YPX inspektorlari zudlik bilan aytilgan joyga yetib borib, u yerda Nexia rusumli avtomobilda ötirgan “xodim”ni körişadi. Undan kimligini söraşganida, u voqea joyidan qoçib ketmoqçi böladi. Xodimlar uni qölga olib, Çinoz tuman IIBga olib borişadi. Şundan söng, IIB tezkor xodimlari xolislar iştirokida uning boşqaruvida bölgan avtomaşina salonini közdan keçirişganida, u yerdan 24 dona bir xil seriya va raqamli ma'muriy bayonnomalar, Farğona viloyati IIB tomonidan berilgan xizmat guvohnomasining rangli nusxasi va uning egnidagi kiyimiga örnatilgan, “Diqqat” yozuvi tuşirilgan qalbaki bodi-kamera va yelimdan eritib yasalgan YPX inspektorining kökrak nişoni hamda jyezl aşyoviy dalil sifatida olingan.

-Muqaddam içki işlar organida işlaganman, 2016 yilda öz ixtiyorim bilan böşaganman, - deydi siri foş bölgan soxta “GAI” xodimi A.R. - Kökrak nişoni va bodi kamerani özim qölbola usulda yasagan edim. Xato qildim, bu işimdan puşaymonman. Hozirda Çinoz tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

A.R. 2018 yilning yanvar oyida içki işlar organi xodimining kiyimini kiyib, qölbola usulda yasalgan kökrak nişonini taqib Sergeli tumani hududida soxta “GAI”lik bilan şuğullanayotgan vaqtda qölga tuşgan.

Unga nisbatan JKning 227 va 228-moddalari 1-qismida körsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik yuzasidan ayblov e'lon qilinib, sud qarori bilan axloq tuzatiş işlari jazosi qöllanilgan edi.

“Hurmatli fuqarolar! Agar kimda-kim uşbu şaxsni tanisa va uning noqonuniy harakatlaridan jabr çekkan bölsa Toşkent viloyati IIBBga murojaat qilişlarini söraymiz”, - deyiladi viloyat IIBB xabarida.