Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fojiali YTH yuz berdi. Bir kishi halok bo‘ldi, 5 nafar fuqaro jarohat oldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi aks etgan videoyozuvlar tarqaldi
Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 6 fevral kuni yarim tun atrofida Arnasoy ko‘chasida (go‘sht do‘konining ro‘parasida) 25 yoshli J.M. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobil 36 yoshli D.A. boshqarib borgan Matiz rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, YTH natijasida Matiz haydovchisi 36 yoshli D.A. olgan tan shikastlaridan voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Matiz’ning yo‘lovchisi 27 yoshli A.M. tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi.
Spark haydovchisi 25 yoshli J.M. hamda uning yo‘lovchilari, 22 yoshli A.A., 18 yoshli A.X. va 20 yoshli A.X. tan shikastlari bilan tibbiyot muassasasiga yetkazildi.
YTHning taxminiy sababi: Matiz rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib (belgilanmagan joydan) qayrilib olishga qaror qilgan, qayrilayotganida unga o‘z yo‘lagidan harakatlanib borgan Spark rusumli avtomobil to‘qnashgan.
“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. Poytaxtdagi yo‘l-transport hodisalarining aksariyatining sababi – tezlik tartibiga rioya qilmaslik hamda qoidalarni buzgan holda va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun kutilmagan harakatlar (manyovrlar) amalga oshirish. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling va o‘zingizni asrang”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.
Mavzuga oid
21:52 / 14.01.2026
5 yil davomida YTHlar kamayish dinamikasi saqlanib qoldi – YHXX
12:40 / 14.01.2026
Mirobodda Kia va Tracker-2 to‘qnashdi, 3 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
10:41 / 09.01.2026