Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 1-sinf o‘quvchilariga qo‘shimcha ta'til belgilanishi nazarda tutilgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Nizomga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

Ta'til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi har bir maktab ma'muriyati tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.