Yerdan noqonuniy foydalanilişi holatlari tahlilidan ma'lum bölişiça, sönggi yillarda birorta ham hokim bunday qonunbuzarlik uçun javobgarlikka tortilmagan.
Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari Murodilla Abdulhakimov buni ayni yönalişda hokimlarni javobgarlikka tortiş mexanizmi bölmagani bilan izohladi.
Kun.uz muxbirining: «Oxirgi yillarda yerdan noqonuniy foydalanişga oid qonunbuzarliklar tahliliga yuzlansak, birorta ham hokimning javobgarlikka tortilmagani, faqat quyi böğindagi mayda amaldorlar jazoga tortilayotgani ma'lum böladi. Aslida yer uçun hokim bevosita javobgar emasmi?» degan savoliga Boş prokuratura vakili quyidagiça javob berdi.
«Juda yaxşi masalani kötardingiz. Haqiqatan ham bu [sönggi yillarda hokimlarning yer ajratiş böyiça javobgarlikka tortilişi hollari] bölmagan. 2019 yil 4 iyundan Jinoyat kodeksiga yangi modda qöşilib, yer beriş tartibini buzganligi uçun javobgarlik çorasi kiritildi. Buning içida suğoriladigan yerni noqonuniy bersa, jazo oğirroq bölişi ham bor. Qonunçiligimizda bu narsa yöq edi, yangi kiritildi.
Bundan taşqari, muhtaram yurtboşimizning 2019 yil 17 iyundagi farmoniga asosan, hokimliklarning suğoriladigan yerlarni boşqa maqsadlar uçun ajratiş vakolati çeklab qöyildi.
Gapingizda jon borligining sababini aytaman: biz tahlilda juda köp körganmiz, çunki prokuratura tomonidan hokim qarori noqonuniy qabul qilingani böyiça juda ham köp protest keltirilardi.
Nima uçun yer ajratayotgan mansabdor şaxslarga javobgarlik bölmasligi kerak? Javobgarlik belgilanişi aynan Boş prokuraturaning qonunçilik taşabbusi bilan böldi. Ötgan yilning 4 iyunidan boşlab, agar şu holat aniqlanadigan bölsa, mansabdorlar javobgarlikka tortiladi», – dedi Abdulhakimov 7 fevral kuni matbuot anjumanida.

Yerlardan noqonuniy foydalanganlik uçun javobgarlik masalalari va bu boradagi qonunçilikka kiritilgan özgartirişlar mavzusida Adliya vazirligi tomonidan ötkazilgan anjumanda Boş prokuratura va «Davergeodezkadastr» mutaxassislari qatnaşdi.
Tadbirda berilgan ma'lumotlarga köra, Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuçaytirişga qaratilgan farmoniga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boşlab hokimlarning quyidagi vakolatlari tegişli xalq deputatlari Kengaşlariga beriladi:

















