Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norboyeva: endi har oyda mahalliy kengashlar tomonidan davlat organi rahbarlarining axboroti eshitib boriladi
Endi har oyda mahalliy kengashlarda davlat organi rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash, qonun, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarni ijro etish yuzasidan axborotlari eshitib boriladi va faoliyati qoniqarsiz rahbarlarga tegishli choralar ko‘rish amaliyoti kuchaytiriladi
2020 yil 7 fevral kuni prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari ishtirokida malaka oshirish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, Oliy Majlis Senatining demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalashdagi rolini yanada oshirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimini isloh qilish yuzasidan ma'ruzalari bilan so‘zga chiqdi.
– Bugungi kunda ijro hokimiyati va vakillik organlari oldiga aholi muammolarini hal etish, ular bilan uzluksiz muloqot qilish va ularni rozi qilish ustuvor vazifa sifatida belgilangan, – deydi T.Norboyeva. – Vakillik organi aholi manfaatlarini hisobga olgan holda, ijro hokimiyati ustidan nazoratni kuchaytirishi, bunda deputat so‘rovidan samarali foydalanishi talab etiladi.
Bundan tashqari, prezident tomonidan kengash so‘rovi institutini joriy etish taklifi kiritildi. Bu bo‘yicha ham qonunchilikka o‘zgartirish kiritish yuzasidan ishlar boshlab yuborildi. Endi har oyda mahalliy kengashlarda davlat organi rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash, qonun, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarni ijro etish yuzasidan axborotlari eshitib boriladi va faoliyati qoniqarsiz rahbarlarga tegishli choralar ko‘rish amaliyoti kuchaytiriladi. Mahalliy kengashlarga vazirlik va idoralar hududiy tuzilmalari rahbarlarining o‘z lavozimiga loyiqligi yuzasidan taklif kiritish vakolati berilishi ham mahalliy kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirib, mas'uliyatini oshiradi.
Shuningdek, Senat raisi o‘z ma'ruzasida raqamli iqtisodiyot tushunchasi va unga o‘tishdan ko‘zlangan maqsad haqida to‘xtalib o‘tdi.
Mavzuga oid
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
18:58 / 23.04.2026