Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zto‘qimachiliksanoat» Xitoyga viza olish uchun arizalar rasmiylashtirishni vaqtincha to‘xtatdi
Uyushma Xitoyga barcha korxona xodimlarining tashrif buyurishi va ushbu mamlakat fuqarolarini O‘zbekiston hududiga taklif etishni keyinga qoldirishni tavsiya etdi
Foto: REUTERS
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Xitoyga vizalarini rasmiylashtirishda uyushma nomida buyurtma va xatlar berishni vaqtinchalik to‘xtatdi.
Uyushma xabarida aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirliklarining rasmiy bayonotlarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha respublikadagi epidemik vaziyat, ushbu kasallikning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha ma'lumot berilgan. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish O‘zbekiston hududida qayd etilmagan bo‘lsa-da, respublika hududiga ham kirib kelish ehtimoli yuqori ekanligi ta'kidlab o‘tilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi koronavirus infeksiyasi bartaraf etilgunga qadar Xitoy Xalq Respublikasiga barcha korxona xodimlarning tashrif buyurishi va ushbu mamlakat fuqarolarini O‘zbekiston hududiga taklif etishni keyinga qoldirishni tavsiya etdi.
Shu bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasiga kirish-chiqish vizalarini rasmiylashtirishda uyushma nomida buyurtma va xatlarni berish vaqtinchalik to‘xtatilgani ma'lum qilindi.
Bundan oldin, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 720 kishidan oshgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:31
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtai nazaridan barcha elektromobillarda yashirin eshik tutqichni taqiqladi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026