Qozog‘iston - Qirg‘iziston chegarasi yaqinida ommaviy tartibsizlik yuz berdi. To‘qayev bayonot bilan chiqdi
Qozog‘istonning Jambil viloyati, Korday tumani, Masanchi qishlog‘ida yirik mojaro kelib chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ta'kidlanishicha, keskinlik etnik sabablarga ko‘ra yuz bergan.

Foto: Tengrinews
Jambil viloyati politsiya departamenti xabariga ko‘ra, mojaro politsiya tomonidan bostirilgan, vaziyat nazorat ostida.
«Masanchi qishlog‘ida aholi o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Mojaro politsiya tomonidan bostirildi, vaziyat nazorat ostida», - deyiladi idora bayonotida.

Qator OAV tomonidan tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, mojaro qozoqlar va dunganlar (Qirg‘izistonda yashovchi millat) o‘rtasida kelib chiqqan. Barchasiga mahalliy dunganlarning qozoq erkakni kaltaklashi sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda o‘q ovozlari, tartibsizliklar va olov domida qolgan uylar tasvirlanganini ko‘rish mumkin.
Jambil viloyati politsiya departamentining tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 293-moddasi (Bezorilik) bo‘yicha sudgacha tergov-surishtiruv harakatlarini boshladi. Mojaroning sababchilari va ishtirokchilari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Qozog‘istonning Masanchi qishlog‘i Qirg‘iziston bilan chegara yaqinida joylashgan. Uni Tokmok shahri bilan Chu daryosi ajratib turadi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Korday tumanidagi mojaroga o‘z munosabatini bildirdi.
- Jambil viloyatining Korday tumanida bezorilik niyatida bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Fitnachilar bundan foydalanishga harakat qilishdi. Politsiya vaziyatni nazorat ostiga oldi. Jamoat tartibini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladi, - deb yozdi prezident Twitter’da.
Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida joylashtirilgan qirg‘iz chegarachilari Qozog‘istonning chegara tumanida vaziyat keskinlashgani sababli xizmat o‘tashning kuchaytirilgan rejimiga o‘tkazildi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
«Qozog‘istonning Jambil viloyati Korday tumanida, Chuy viloyati hududi bilan chegaradosh bo‘lgan hududda vaziyat keskinlashgani sababli, chegarada o‘rnatilgan nazorat-o‘tkazish punktlari va bo‘linmalar xizmat o‘tashning kuchaytirilgan tartibiga o‘tkazildi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Mahkamaning ta'kidlashicha, davlat chegarasining qirg‘iz-qozoq qismida vaziyat barqaror bo‘lib turibdi.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Erondagi 25 shaharda itlarni ko‘chada sayr qildirish taqiqlandi
Jahon | 17:45
-
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi
Jahon | 17:12
-
"Navoiyuran" korxonasida ESG tamoyillari asosida yangi standartlar joriy etildi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

17:12
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025