Elbek Şukurov jismoniy tarbiya va sport vazirining örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elbek Habibullayeviç Şukurov 1988 yil 18 martda Toşkent şahrida tuğilgan. 2005-2009 yillarda Toşkent davlat agrar universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2009 yil “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengaşi Xalqaro munosabatlar, sport va yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş bölimi boş mutaxassisi sifatida boşlagan. Söngra “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengaşi Xalqaro aloqalar bölimi mudiri, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Toşkent şahar Kengaşi raisi örinbosari, keyinçalik raisi, 2015-2018 yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasining a'zosi bölgan.
2018 yildan hozirga qadar Toşkent şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Elbek Şukurov 2017 yilda “Döstlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Avvalroq ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov Özbekiston sport vaziriga birinçi örinbosar etib tayinlangani xabar qilingandi.

















