Koronavirus öçoğidan evakuatsiya, Trampning tantanasi, Qozoğistondagi qonli voqealar hamda haftaning boşqa xabarlari
|23:33 / 09.02.202063 91115 min
Yakunlanayotgan hafta ham barça haftalarda bölganidek muhim jarayonlarga boy böldi, jahonning turli nuqtalarida ham, Özbekistonda ham e'tiborga molik voqealar bölib ötdi. Kun.uz ötgan haftaning eng asosiy va diqqat markazida turgan mavzulari böyiça haftalik dayjestni taqdim etadi.
Pompeoning Özbekistonga amalga oşgan taşrifi va Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oşmagan taşrifi
AQŞ Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyoga taşrifi doirasida 2 fevral kuni keçqurun Toşkentga keldi. U şu kuni keçqurun Toşkent şahri boş imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boşqa diniy faollar bilan uçraşdi. Asosiy tadbirlar 3 fevral kuni bölib ötdi. Dastlab Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov bilan muzokara ötkazgan AQŞ Davlat kotibi mahalliy va xorijiy jurnalistlar uçun matbuot anjumanida iştirok etdi, kunning ikkinçi qismida esa Toşkentda Markaziy Osiyo va Amerika Qöşma Ştatlari taşqi siyosat idoralari rahbarlarining «C5+1» şaklidagi uçraşuvi bölib ötdi.
Maykl Pompeo Xitoy kompaniyalari bilan raqobat va Özbekistonga kiritiluvçi investitsiyalar haqida sözlab berdi.
Matbuot anjumani çoğida Associated Press jurnalisti Pompeoga davlat kotibi Markaziy Osiyoga taşrifi davomida Xitoy va uning investitsiyalarining uşbu mamlakatlarga ta'sirini taşvişlanib tilga olgani, ayniqsa Huawei tomonidan 5G texnologiyasi joriy etilişini alohida qayd etgani haqida eslatdi.
Pompeo bunga javoban AQŞ Özbekistonni şaffof qonun ustuvorligi va investitsiyalar uçun qulay muhit yaratişda qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
«Biz AQŞ kompaniyalari Özbekistonda yangi imkoniyatlar va yangi iş örinlari yaratişni davom ettiriş imkoniga ega bölişini istaymiz. Şuning uçun bizning vazifamiz aniq, bu yerda buyuk ikki tomonlama şerik böliş, nafaqat ikki tomonlama, balki köp tomonlama asosda işlaş.
Biz aminmizki, Amerika kompaniyalari Özbekistonga kelganida biz bu yerda mahalliy aholi uçun iş örinlarini yaratamiz, mahalliy qoidalarga rioya qilamiz, atrof-muhitni ifloslantirmaymiz. Biz yaxşi fuqarolarmiz, biz yaxşi qöşnilarmiz. Amerika kompaniyalari va Amerika investitsiyalari uşbu mamlakatning mustaqilligi va suvereniteti talabiga javob.
U qöşma ştatlar dunyoning istalgan nuqtasida adolatli raqobatni ijobiy qarşi olişini ma'lum qilgan: «Boşqa davlatlar şaffoflik va oçiqlik qoidalariga rioya qilgan holda, davlat tomonidan homiylik qilingan siyosiy sabablarga köra emas, balki haqiqiy bozor bitimlarini amalga oşiradigan raqobat. Bunda davlat tomonidan siyosiy maqsadlarni közlab homiylik qilinadigan raqobat emas, balki boşqa davlatlar ham şaffoflik va oşkoralik qoidalariga rioya qilgan holda haqiqiy bozor bitimlarini amalga oşiradigan vaziyatdagi raqobatni qöllab-quvvatlaymiz».
Pompeoning sözlariga köra, u Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mamlakatlar örtasidagi yaqin hamkorlikning yaxşi natijalari tufayli ösişda davom etişiga işonç bilan mintaqani tark etadi. U AQŞni Özbekistonning haqiqiy dösti deb atadi.
OAVda Xitoyning Toşkentdagi elçixonasi Pompeoga jiddiy e'tiroz bildirgani haqida xabarlar tarqaldi.
«Elçixona vakillarining tilidan ançagina qöpol va xunuk bayonot berilgan. Bu bayonot Pekindan yangrasa ham mayli edi. Şundoqqina Toşkentda yangrayapti. Pompeoning mazkur Yevroosiyo safarining asosiy mazmuni «iğvogarlik va tuhmat»dan iboratdir, deyişgan xitoylik diplomatlar.
Nazarimizda, xitoylik diplomatlarning bunçalik junbişga töla sözlari AQŞdan köra Markaziy Osiyo mamlakatlariga qaratilgan köproq. Şuning uçun ham Xitoy bilan iqtisodiy, siyosiy va boşqa munosabatlarda ehtiyotkorlik asosiy mezon bölişi kerak», deya yozadi telegramdagi davletovuz kanali.
Taşrif doirasida Pompeo Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev qabulida böldi.
Bu taşrif ortidan, 4 fevral kuni internetda Şavkat Mirziyoyevning 5 fevral kuni Rossiyaga amalga oşirilgan taşrifi bekor bölgani haqida xabar tarqaldi. Bungaça uşbu taşrif qoldirilgani töğrisida rasman xabar berilmagandi.
RF prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Moskvaga taşrifi umuman rejada bölmagani haqida gapirdi.
Lekin yanvar oyida Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga uşbu taşrif keyinroqqa qoldirilişi ma'lum qilingani ma'lum böldi.
Xitoydan kelgan uçta reys
4-5 fevral kunlari Xitoydan Özbekiston fuqarolarini evakuatsiya qiliş jarayoni bölib ötdi.
Dastlab, 4 fevral kuni Pekin şahri aeroportidan Toşkent şahriga charter reys bilan Özbekistonning 250 nafar fuqarosi olib kelinib, karantinga joylaştirildi.
5 fevral kuni Xitoyning Uxan şahridan Özbekistonning yana bir maxsus bortida 84 kişi olib kelindi (şundan 5 nafari Qozoğiston fuqarosi).
6 fevralga ötar keçasi, mahalliy vaqt bilan 04:40 Pekindan uçgan uçinçi reys Toşkentga yetib keldi. Samolyot bortida 251 yölovçi olib kelindi va ular ham ikki hafta nazorat ostida saqlaş uçun karantin hududiga joylaştirildi.
Bundan taşqari, Yangi Zelandiya Uxandan qariyb 200 kişini evakuatsiya qildi. Ular orasida 1 nafar Özbekiston fuqarosi ham bor.
Har kuni Özbekistonga kirişda barça çegara punktlari qat'iy nazorat qilinmoqda, kirib keluvçilar maxsus tekşiruvdan ötkazilmoqda. Toşkent şahrida avtobuslarni yuqumli kasalliklarga qarşi dezinfeksiya qiliş işlari amalga oşirilmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda 8 fevral holatiga köra koronavirus aniqlanmaganini ma'lum qilgan.
Trampning tantanasi
4 fevral kuni keçqurun AQŞ prezidenti Donald Tramp kongressga mamlakatning holati böyiça har yillik murojaatnoma bilan yuzlandi. U öz çiqişida Eronga qarşi sanksiyalar, OITSga qarşi kuraş, Marsga örnatiladigan bayroq haqida gapirdi.
Bu yilgi murojaati kiçik mojaro bilan yodda qoladigan böldi - Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosi uning nutqi yozilgan qoğozlarni parça-parça qildi.
5 fevral kuni Amerika Qöşma Ştatlari tarixida prezidentni hukumatdan çetlatişga bölgan uçinçi uriniş ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi: Senatni qölga olgan respublikaçilar Donald Trampning muxoliflari tomonidan unga qarşi surilgan ayblovlarni asossiz deb topdi.
Impiçment işi yakunlangaç, Oq uyda çiqiş qilgan Tramp sodir bölgan voqealarni «öziga xos bayram» deb atadi, u impiçment jarayonini «yovuz» va «korrupsiyaga botgan» deb hisoblaydi.
«Agarda Jyeyms Komini işdan haydab yubormaganimda, hozir bu yerda turmagan bölardi. Ayblov arzimagan narsa. Bu dözax böldi», dedi Tramp.
AQŞ Federal qidiruv byurosining sobiq rahbari. Donald Tramp 2017 yilning mayida Komini iste'foga çiqargan edi. Tramp FQBning sobiq direktorini sirlarni oçib qöyişda ayblagan.
8 fevral kuni Tramp impiçment jarayoni doirasida ma'muriyatning öziga qarşi guvoh sifatida iştirok etgan bir neça vakilini işdan böşatdi.
8 fevral kuni keçqurungi holatga köra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 89 nafarga köpayib, 811 nafarga yetdi. Bu esa 2002-2003 yillarda avj olgan atipik zotiljam (SARS) epidemiyasi qurbonlari sonidan (2003 yil 31 dekabrga köra, SARS’dan ölim holatlari deyarli 30 davlatda qayd qilinib, qurbonlar soni 774 nafarni taşkil qilgan) köproqdir. Kasallanganlar soni 37198 nafarga yetgan, 2649 kişi soğayib ketgan.
Yakunlangan haftadagi eng şov-şuvli ölim - Uxandagi gospitalda bu virus haqida ilk bor xabar bergan şifokor Li Venlyanning ölimi böldi.
34 yoşli şifokor 7 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:58da olamdan ötgan. Li Venlyan 2019 yilning dekabrida virus yuqtirib olgan bemorlar haqida hamkasblarini ogohlantirişga uringan. Dastlab u atipik pnevmoniya epidemiyasini çaqiradigan virus haqida WeChat orqali ommaga ma'lum qilgandi.
Lining ölimi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilina boşlangaç, amaldorlar uning tanasini hayotni ta'minlaş tizimiga ulab qöyişni va xabardagi «öldi» jumlasini «oğir ahvolda yotibdi»ga özgartiriş böyiça topşiriq bergan.
2019 yil dekabrida Li Venlyan birinçi bölib dengiz mahsulotlari sotiladigan bozori işçilarida noma'lum virusga çaliniş alomatlari borligini aniqlagandi. U uşbu kasallikning 2003 yilda tarqalib, atipik pnevmoniya xastaligini keltirib çiqargan SARS virusi bölişi mumkinligini taxmin qilgan. Şifokor Weibo ijtimoiy tarmoği orqali uşbu vaziyatni hamkasblari bilan muhokama qilgan.
Uşbu voqeadan keyin Venlyan va uning hamkasblari politsiyaga çaqirilgan, ulardan bu kabi axborotlarni tarqatişni töxtatib jamoat tartibini buzganlik böyiça aybni yozma ravişda tan oliş talab qilingan.
Şifokor işiga qaytgaç, 10 yanvarda uning bemorlaridan birida 2019-nCoV koronavirusi aniqlangan. Ikki kun ötgaç Venlyanning özi ham şifoxonaga yotqizilgan.
Yaponiya qirğoqlari yaqinida 3500 kişi kruiz laynerda karantin tufayli qamalib qolgan
«Daymond Prinsess» layneri Yaponiya, Xitoy, Hongkong va Vetnam böylab 14 kunlik kruizdan keyin Yokogamaga qaytdi. Ammo 20 yanvar kuni boşlangan safar davomida 5 kun kemada bölgan 80 yoşli hongkonglik qirğoqqa tuşganidan keyin unda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
5 fevral kuni layner Yokogama portida karantin holatiga ötkazildi. Öşa vaqtda kemada 2666 nafar yölovçi va ekipajning 1045 a'zosi bor edi. Ularni koronavirusga tekşiriş boşlandi. Bugungi kunda 61 kişida virus aniqlangan. Bemorlar qirğoqqa tuşirilib, şifoxonaga olib ketildi, qolgan yölovçilar va ekipaj a'zolari kemada qolmoqda.
Infeksiya tarqalişining oldini oliş uçun «Daymond Prinsess»dagi yölovçilar kayutalarini tark etmasligi buyurilgan. Restoran, bar, kazino, basseyn va boşqa joylar yopib qöyilgan.
«Daymond Prinsess» — Osiyo suvlarida karantin holatga ötkazilgan yagona kruiz layneri emas.
5 fevral kuni Hongkongda «Uorld Drim» layneri yölovçilari va ekipaj a'zolari ham karantin holatiga ötkazilgandi. Kema Hongkongdan navbatdagi safarga çiqqan va uç kun ötib ortga qaytgandi: Tayvan hukumati uni Gaosyun portiga qaytarişga rozi bölmadi, uning içidagi uç nafar xitoylikda koronavirus aniqlandi.
7 fevral kuni keçqurun Qozoğiston janubida ommaviy tartibsizliklar bölib ötdi. Içki işlar vazirligining rasmiy ma'lumotiga köra, mamlakat janubidagi Jambil oblastining Masançi qişloğida 70dan ortiq kişi iştirokida ommaviy muştlaşuv bölib ötgan, bu hodisa tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, hududga qöşni qişloqlardan yuzlab kişilar yetib kelgan. Töqnaşuv vaqtida toşlardan, armatura va öqotar qurollardan foydalanilgan — natijada voqea joyida 8 kişi, şifoxonada yana ikki kişi halok bölgan, 100dan ortiq kişi jarohatlangan. Etnik ozçilikni taşkil etuvçi döngonlar qöşni Qirğizistonga qoçişga majbur bölgan. Bundan taşqari, 30ta uy, önlab dökonlar va avtomobillarga öt qöyilgan. Mojaro boşqa qişloqlarda ham davom etgan. Köp vaqt ötmay hududga politsiyaning maxsus bölinmalari va Milliy gvardiya kuçlari yetib kelgan, 47 kişi qölga olingan. Uşbu hodisadan keyin Masançidan 10 km masofadagi Qirğiziston bilan çegarada nazorat kuçaytirilgan.
Hukumatning ma'lum qilişiça, hodisaga maişiy janjal sabab bölgan. Rasmiylar uşbu hodisaning tafsilotlarini oşkor qilmadi, faqat «tergov olib borilişi» ma'lum qilindi. Töqnaşuv politsiyaçilarga hujum ortidan kelib çiqqani aytilgan — 7 fevral kuni ular «nostandart raqam» taqilgan avtomobilni töxtatişga uringanida, haydovçi qoçişga uringan, uning qarindoşlari esa politsiyaçilarga toşlar uloqtirişgan.
8 fevralga ötar keçasi Qozoğistonda tartibsizliklar fonida WhatsApp messenjeri işlamay qoldi — hukumat uşbu uzilişga aloqadorligini izohlamadi, ammo Jambildagi vaziyat iziga tuşgaç, WhatsApp faoliyati ham tikladi. Mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayev tartibsizliklardan söng hududda vaziyat barqarorlaşganini ma'lum qildi. U mojaroning avj olişiga sababçi bölgan iğvogarlar javobgarlikka tortilişi, «fojiaga yöl qöygan davlat idoralari xodimlari jazolanişi»ni ta'kidlab ötgan. Biroq u aynan qaysi tuzilmalar xodimlari jazolanişiga aniqlik kiritmagan.
Masançi qişloğida milliy ozçilik — döngonlar istiqomat qiladi. Döngonlar — XIX asr örtalarida Xitoyda 1862–1877 yillardagi Döngon-uyğur isyoni bostirilgaç, Sin sulolasi ta'qibi ostida Rossiya imperiyasi hududiga köçib kelib joylaşgan va fuqarolik olgan xitoyliklarning avlodi hisoblanadi. Bugungi kunda Qozoğiston hududida 40 ming döngon bor, ularning 17 ming nafari Masançida yaşaydi (qişloq aholisining 94 foizi). Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu janjal etnik nizo oqibatida röy bergani aytildi, ammo heç bir işonçli manba bu versiyani tasdiqlamadi.
Döngonlar hukumatni juda sekinlik bilan reaksiya qilganlikda ayblagan. Qozoğistondagi döngonlar assotsiatsiyasi raisi Xusey Daurov Olmaotadan maxsus kuçlar «roppa-rosa bir kun keçikib yetib kelgani» (8 fevral tongida), holbuki «pogrom» haqidagi tasvirlar internetda bir kun avval paydo bölgani haqida gapirdi. U agar hukumat kuçlarni ertaroq jönatganida qurbonlar berilmasdi, deb işonç bildirgan.
Minglab döngon qoçqinlari ommaviy tartibsizliklardan keyin qöşni Qirğizistonga yöl oldi
Foto: EPA/Vostock-photo