Hech narsadan shubhalanmagan yo‘lovchilar sotib olingan chiptalarga ko‘ra joylarni egallashadi, lekin tashqariga chiqishganida shimlar va yubkalarning o‘rindiqqa tekkan qismi oqarib ketganini ko‘rib hayron qolishadi. 

Bu safar hammasi boshqacha. 11 million kishilik Uxan shahrida karantin e'lon qilingan, aholiga jamoat transportidan foydalanmaslik va umuman ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etiladi. 

Faktlarni yashirish va chaquv uchun to‘lov: Xitoyda koronavirusga qarshi qanday kurashilmoqda

Shaharda qolib ketgan har bir mehmon epidemiya markazida hayotga moslashishga harakat qilmoqda. 

Uxanlik ayol hikoyasi: «Karantinda o‘lgandan uyda o‘lgan afzal»

O‘z-o‘zini himoya qilish

Tibbiy niqoblar tanqisligi uy jonivorlariga ta'sir qilgan / GETTY IMAGES

Xitoyda niqoblar har doim mashhur bo‘lib kelgan, chunki ular ifloslangan havoni filtrlaydi, mikrob va viruslardan himoya qiladi va bundan tashqari makiyajni asl holatida saqlaydi. 

Yangi virus tarqalishi e'lon qilinganidan bir necha kun o‘tgach Xitoy va unga qo‘shni mamlakatlarda tibbiy niqoblar sotib tugatilishi ajablanarli holat emas. 

Uxandan ming kilometr janubda joylashgan Syamin shahridagi ma'murlar internetda lotereya uyushtirishdi. Sovrin - niqoblar zaxirasi. Bu ish odamlar uzundan-uzoq navbatlar tashkil qilmasligi uchun o‘ylab topilgan.

«Mening birinchi lotereyam yutuqqa niqob qo‘yilgan bo‘ladi deb hech o‘ylamagan edim! Uy ham, mashina ham, stadionga chiptalar ham emas, niqoblar!», - deb yozadi mahalliy aholi vakillaridan biri Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Yuz niqoblari peshtaxtalardan zum o‘tmay yo‘qolib qolyapti, vaholanki ular virus yuqishini oldini olishi mutlaqo tasdiqlanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) niqoblarning o‘zi yetarli emasligini, muhimi qo‘llarni muntazam va yaxshilab yuvish kerakligini ta'kidlamoqda.